11:31 / 14.04.2016
2459

6 ta tutun chiqarish patrubkasiga ega Lamborghini Huracan suratlari paydo bo‘ldi

Motor1 nashri ixtiyorida Lamborghini Huracan superkarining 6 ta tutun chiqarish patrubkasiga ega ekstremal variantining josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Kupe Germaniyadagi sinovlar vaqtida suratga olindi.

Sinov prototipi standart superkardagi kabi 4 ta patrubkaga ega. Ikkita qo‘shimcha patrubka yuqoriroqda va markazda, metall plastina ortida yashirilgan.

Taxminlarcha, tutunni chiqarish tizimining pastki patrubkalari ishchi bo‘lmay, ekstremal Huracan’da faqatgina yuqoridagi ikkita patrubka saqlab qolinadi. Bunday konstruksiya "Urakan"ning poyga versiyasi – Huracan GT3’da qo‘llangan.

Kutilishicha, Lamborghini Huracan’ning yangi modifikatsiyasi Superleggera nomini oladi. Kupe tajovuzkorroq aerodinamik obves va yengillashtirilgan konstruksiya oladi (standart Huracan og‘irligi 1422 kg ni tashkil qiladi). Superkarning og‘irligi konstruksiyada karbondan keng foydalanish hamda yengilroq tutunni chiqarish tizimi va g‘ildiraklarni qo‘llash hisobiga kamayadi.

Yangi mashina 5,2-litrli atmosferali V10 li, kuchaytirilgan dvigatel bilan ta'minlanadi, bu dvigatel standart Huracan’da 610 ot kuchi beradi. Mashinaning uzatmalar qutisi ikkita ilashishli yetti pog‘onali "robot" ko‘rinishida ishlangan.

Huracan Superleggera 100 km/soat tezlikka oddiy variantidan 0,2 soniyaga tezroq erisha olishi taxmin qilinmoqda. Uning maksimal tezligi ham oshishi kutilmoqda. Standart variantda bu ko‘rsatkich 325 km/soatni tashkil qiladi.

Taxminlarcha, Lamborghini Huracan Superleggera premerasi 2016 yil kuzda Parij avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Top