16:07 / 14.04.2016
1478

Anchelotti «Bavariya»ga Pyanichni olib o‘tmoqchi

Yozda Germaniyaning «Bavariya» jamoasi boshqaruvini qo‘lga oladigan Karlo Anchelotti «Roma» yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o‘z klubi safida ko‘rishni istamoqda.

Football Italia nashri bergan xabarga ko‘ra, 56 yoshli bosniyalik xavbek bilan telefon orqali amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida gaplashib olishgan.

So‘nggi haftalarda myunxenliklar klubi skautlari 26 yoshli futbolchining o‘yinlarini faol tarzda kuzatib kelishayotgandi.

«Bavariya» hozircha «Roma»ga rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q, ammo Pyanich uchun 38 million yevro to‘lashga tayyorligi bildirgan. Bu summa futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan.

Top