18:51 / 14.04.2016
1653

Armaniston ShHTda kuzatuvchi maqomini olish niyatida

Armaniston hukumati, Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olishni rejalashtirayapti. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

TIV ma'lumotlariga ko‘ra, Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan Pekinda shu mazmundagi memorandumni imzolaydi. U, 2016 yil 15 aprel kuni ikki kunlik tashrif bilan Xitoy poytaxtiga safarini boshlaydi.

Nalbandyan Pekinda XXR TIV rahbari Van I bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bundan tashqari, ShHT bosh kotibi Rashid Alimov bilan ham uchrashadi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari a'zodir. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.

2015 yil iyulida tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni boshlangan edi. Hozirda, ShHTga O‘zbekiston respublikasi raislik qilmoqda.

Top