22:55 / 14.04.2016
1584

"Atletiko" – "Barselona" uchrashuvidan keyin Pike va Simeone o‘rtasida dahanaki tortishuv chiqdi

13 aprelda Chempionlar Ligasi chorak finalining "Atletiko" va "Barselona" o‘rtasidagi javob uchrashuvidan keyin "Barsa" himoyachisi Jyerar Pike madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan gap talashib qoldi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv "matraschilar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra "Atletiko" musobaqaning yarimfinaliga yo‘l oldi.

Tortishuv tribunaosti tunnelida yuz bergan va uzoq davom etmagan. Pike uchrashuv hakami Nikola Ritstsolining qaroridan norozi bo‘lgan: hakam "Atletiko" yarim himoyachisi Gabi Fernandes o‘z jarima maydonchasida qo‘li bilan o‘ynagandan keyin penalti o‘rniga jarima to‘pi belgilagan. "Barsa" himoyachisi Simeone bilan hakamning ishini muhokama qilish kerak, deb hisoblagan.

Argentinalik murabbiy bunga javoban "Barsa" yarim himoyachisi Andres Inesta ham o‘z jarima maydonchasida qo‘li bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka olishi kerakligini aytgan. Simeone, shuningdek, Luis Suares tirsagi bilan "matraschilar" himoyachisi Diyego Godinning boshiga tushirganini ham eslab o‘tdi. Jurnalistlarning aytishicha, Pike Simeonening bu vajlariga baland ovozda "Ko‘rsat qani, ko‘rsat" deb aytgan.

Top