19:14 / 14.04.2016
7050

Disney Piter Pen haqida to‘liq metrajli film suratga olmoqda

Walt Disney Pictures kompaniyasi Piter Pen haqida to‘liq metrajli film suratga oladi, deb xabar beradi Variety nashri. Mazkur kartina rejissyori disneyning boshqa bir remeyk filmi – “Pit va ajdarho” orqali tanilgan Devid Louridir.

Ilk bora “Piter Pen” animatsion kartinasi 1953 yilda ekranga chiqqan bo‘lib, bu Jyeyms Metyu Barri ertaklari orasida eng muvaffaqiyatli ekranlashtirilgan filmdir.

Shuningdek, keyinchalik bu ertak asosida Robin Uilyams ishtirokidagi “Kapitan Kryuk” (1991) va Xyu Jyekman ijrosidagi “Pen: Netlandiyaga sayohat” kabi filmlar ham namoyish etilgan.

Disney avvalroq, o‘zining multfilmlari asosida “Oppog‘oy”, “Malefisenta”, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” va “O‘rmon kitobi” kabi filmlarni ham suratga olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Disney Redyard Kipling asari asosida “O‘rmon kitobi-2” filmini suratga olishni rejalashtirgan. Biroq filmning ikkinchi qismida ham bosh qahramon Maugli rolini Nil Setxi ijro etishi hozircha noma'lum.

Top