01:41 / 14.04.2016
1880

YeChL. "Bavariya" yarim finalga chiqdi

Portugaliyaning "Benfika" jamoasi Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida "Bavariya"ga qarshi o‘z maydonida bahs olib bordi.

"Benfika" tezkor hujumi orqali uchrashuvda hisobni ochdi. Jarima maydonchasi ichiga havolatib oshirib berilgan to‘pga Raul Ximenez boshi bilan zarba yo‘llab hisobni ochdi - 1:0. Oradan 10 daqiqa o‘tib "Bavariya" xujumchisi Arturo Vidal jarima maydonchasi oldidan kuchli zarba berib o‘yindagi muvozanatni tikladi - 1:1. Ikkinchi bo‘limda "Bavariya" futbolchilari burchak zarbasini golga aylantira olishdi. Martinez to‘pni Myullerga qulay tarzda uzatdi va Tomas bu vaziyatni golga aylantirdi - 1:2. Zahiradan maydonga tushgan Taliska 76-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Bavariya"  Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

YeChL. Chorak final. Javob uchrashuvi.

"Benfika" – "Bavariya" 2:2 (Birinchi o‘yin - 0:1)
Gollar: Ximenez 27, Vidal 38, Myuller 52, Taliska 76.

"Benfika"- Ederson, Almeyda, Jardel, Lindelof, Eliseu, Feysa, Renato, Salvio (Taliska 68), Karkela, Pitstsi (Gadesh 54), Ximenez.

"Bavariya"- Noyyer, Alkantara, Riberi (Gyottse), Martinez, Duglas Kosta, Alonso (Bernard 90), Lam, Vidal, Myuller (Levandovski 84), Alaba, Kimmix.

 

Top