09:25 / 14.04.2016
1423

Luis Enrike: «Mag‘lubiyat uchun kim javobgarlikni zimmasiga olishi kerakmi? 99 foizga men, yo‘q… 100 foizga»

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChL chorak finalida «Atletiko» jamoasidan qabul qilingan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat va turnirni tark etishdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu «Barselona» uchun yaxshi kun bo‘lmadi, lekin ikkinchi taym vaqtida biz bir qancha qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgandik. Lekin futbolchilar gol ura olishmadi. Juda achinarli. «Atletiko»ni har qancha maqtasa arziydi.

Biz bu bosqichdan o‘tib, sovrinni himoya qilishni juda istagan edik. Birinchi taym juda yomon o‘tdi, raqib xato qilishimizni kutdi va gol urdi.

Men bilan hammasi joyida. Shunday o‘yinlar bo‘lgandiki, kayfiyatim hozirgidan ancha yomon bo‘lgan. Ko‘rinib turibdi, bizda muammolar bor, jamoa formada emas, o‘yinimizni mavsum davomida o‘rganib olishgan.

Bizda eng yuksak maqsadlar bo‘ladi, hamisha «Barselona»ni istalgan turnirda favorit hisoblashadi, bundan faxrlanish mumkin, lekin biz o‘zimizga tanqid ko‘zi bilan qarashimiz kerak.

Messi yana gol ura olmadi deysizmi? Leoni bu mag‘lubiyatda ayblash adolatdan emas.

Men jamoaning ishga mas'uliyat bilan yondashishini ko‘rdim. Biz ichki chempionatdagi keyingi o‘yinlarga tayyorlanishimiz kerak.

Unda bu mag‘lubiyat uchun kim mas'uliyatni zimmasiga olishi kerakmi? 99 foizga men, yo‘q… 100 foizga», – deydi murabbiy.

Top