12:15 / 14.04.2016
2715

«O‘zbekkino» milliy kino san'atini rivojlantirish Fondini tashkil qilmoqchi

«O‘zbekkino» milliy agentligi O‘zbekistonda milliy kino san'atini rivojlantirish Fondini tashkil qilish bo‘yicha o‘z loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik tashkilotdagi manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, yangi tashkil qilinadigan fond yosh kinematograflarni respublikadan tashqarida ham e'tirof etilgan mualliflarni qo‘llab-quvatlashni o‘z zimmasiga oladi.

Bundan tashqari, fond o‘zbek kinematografiyasidagi muammolarni yechish, kino sanoati moliyalashtirish, o‘zbek kinosini rivojlantirish uchun xorijdan va mahalliy investorlarni jalb etishga xizmat qiladi.

Top