11:21 / 14.04.2016
1605

Pentagon: AQSh Yevropa hududida raketaga qarshi mudofaa tizimi majmuasini joylashtirmoqchi emas

Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqning Poshadan boshqa hududlarida Aegis raketaga qarshi mudofaa tizimi majmualarini joylashtirmoqchi emas.

Bu haqda Kongressda bo‘lib o‘tgan raketaga qarshi mudofaa tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda siyosiy masalalar bo‘yicha AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosari Brayan Makkeon aytib o‘tgan.

Uning ta'kidlashicha, joriy yil yakunida Aegis majmuasi Ruminiyaning Deveseludagi harbiy bazasida, 2018 yilda esa xuddi shunday qurilmalar Polshada ham joylashtiriladi. Bularning bari Yevropa qit'asida raketaga qarshi mudofaa majmualarini joylashtirish dasturining uchinchi bosqichida amalga oshiriladi. Aslini olganda bu tizim AQSh HHKning harbiy kemalarida ishlatilib kelinmoqda. Makkeon senatorlarning ushbu tizimlar Yevropaning yana bir boshqa hududida joylashtiriladimi, degan savoliga “yo‘q” deya javob qaytargan.

Pentagon vakilining ta'kidlashicha, raketaga qarshi mudofaa tizimi majmualari Shimoliy Koreya, Eron tomonidan bo‘ladigan raketa hujumlaridan himoya vositasi sifatida o‘rnatilmoqda. Buni Rossiyaga qarshi qurollanish, deb tushunmaslik kerak.

Top