11:08 / 14.04.2016
1607

Toshkentda Qirg‘iziston Mudofaa kengashi kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

13 aprel kuni Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa kengashi kotibi T. Jumaqadirov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda ShHTga a'zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi hamda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik jarayonining ayrim jihatlari ko‘rib chiqildi.

Top