08:35 / 14.04.2016
1388

Tramp saylovoldi shtabi rahbari jurnalistga "tajovuz qilgani" uchun sudlanmaydigan bo‘ldi

Breitbart nashri muxbiri Mishel Filds tan jarohatlari yetkazganlikda ayblayotgan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp saylovoldi shtabi rahbari Kori Livandovskiga na sud, na o‘z lavozimidan bo‘shatilish xavf solayapti.

Mart oyi oxirida Mishel Filds politsiyaga Florida shtatidagi Jupiter shahrida 8 martda Trampning matbuot-anjumanida Trampga savol bermoqchi bo‘lganda Livandovski uning qo‘lini ko‘pol ravishda ushlab olgani haqida shikoyat arizasi topshirgani ma'lum bo‘lgan. Muxbir ayolning ta'kidlashicha, Livandovskining qo‘polligidan uni qo‘lida mo‘mataloq izlari qolgan.

Trampning o‘zi o‘z menejyerini bu voqea sababli ishdan bo‘shatmasligini aytgan.

"Muxbir bir necha marta qo‘limni ushlagan, men bir necha bor uning qo‘lidan chiqib ketmoqchi bo‘lganman. U meni itarib tashlagan", deb aytdi milliarder hamda ayol hech qanday jarohat olmaganini qo‘shimcha qilgan.

Politico nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Livandovskiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi.

Top