19:23 / 15.04.2016
4442

15 aprel sanasi tarixiga nazar

15 aprel — joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 105-kuni.
Bugun ilm-fan kuni.

Voqealar:

2004 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasiga ikki kunlik rasmiy tashrifi boshlandi.

2000 yil. Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xoritasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi sovrini uchun milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

1891 yil. Amerikalik ixtirochi Tomas Edison ilk kinetoskopni ommaga namoyish qildi.

1896 yil. Afinada Olimpiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu sanada tug‘ilganlar:

1452 yil—mashhur italiyalik rassom, haykaltarosh, muhandis va olim Leonardo da Vinchi

1707 yil—matematik, mexanik, fizik va astranom Leonard Eyler,

1710 yil—shotland olimi, “nevroz” atamasini fanga kiritgan Uilyam Kullen,

1878 yil—yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy,

1880 yil—chex psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri Maks Vertgeymer,

1937 yil—O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Gulsara Yoqubova,

1952 yil—atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq,

1949 yil—taniqli rus qo‘shiqchisi Alla Pugachyova.

Top