08:54 / 15.04.2016
1476

«Atletiko»ning 4 futbolchisi YeChLning hafta ramziy terma jamoasiga kirdi

UYeFA rasmiy sayti Yevropa chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinlari yakunlariga ko‘ra mazkur o‘yinlarda porlagan va jamoasining keyingi bosqichga o‘tishiga yordam bergan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon: Jo Hart (“Manchester Siti”).

Himoyachilar: Filipe Luis (“Atletiko”), Diyego Godin (“Atletiko”), Nikolas Otamendi (“Manchester Siti”), Dani Karvaxal (“Real Madrid”).

Yarim himoyachilar: Saul Nigez (“Atletiko”), Arturo Vidal (“Bavariya”), Karlos Kasemiro (“Real Madrid”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”).

Hujumchilar: Antuan Grizmann (“Atletiko”), Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”).

Top