09:57 / 15.04.2016
2362

Foydalanuvchilar to‘nka va loviyalar to‘g‘risidagi topishmoq ustida bosh qotirmoqdalar

Internet foydalanuvchilari navbatdagi topishmoq ustida bosh qotirmoqdalar: qizil, ko‘k, yashil rangdagi uchta loviyadan ikkitasi zaharlangan, ulardan zaharlanmaganini tanlash kerak. Ushbu topishmoq Independent saytida chop etildi.

Loviyalardan zaharlangani tanlab yeyilsa 30 soniyada o‘limga olib keladi. Loviyalardan bittasi zaharlanmagan. Siz loviyalardan birini tanlab yeysiz va agar zaharlanmaganini tanlagan bo‘lsangiz omon qolasiz.

Bu yerda loviya tanlanganda ikkita zaharlangan loviyadan bittasi aniq ko‘rsatiladi. Shundan keyin qolgan ikkita loviya o‘rtasida tanlov qilinadi va loviyani to‘nkada qolgan loviya bilan almashtirish taklif qilinadi. Savol: agar oxirgi lahzada tanlov o‘zgartirilsa, yutuq o‘zgaradimi?

Misol uchun siz yashil loviyani tanladingiz. Ko‘k loviya zaharlangan deb ko‘rsatilgan. Biroq shoshmang. Siz yashil loviyani yeyishingizdan oldin, sizda uni to‘nkada qolgan qizil loviya bilan almashtirish imkoniyati bor. Qolgan ikkita loviyadan bittasi hali ham zaharli. Siz qanday tanlov qilasiz?

Bir qaraganda yashil loviyaning qizil loviya bilan almashtirilishi yutuq imkoniyatini oshirmasligi haqidagi taxmin noto‘g‘ridir, bunda yutuqqa yoki mag‘lubiyatga imkoniyat ikki barobar oshadi.

Nima uchun?

Bu masalani taklif qilgan Tim Urban buning javobini quyidagicha tushuntiradi:

Siz avval yashil loviyani olganingizda, sizda bu loviya zaharlanmaganligiga 1/3 hamda zaharlangani va zaharlanmagan loviya to‘nkada qolganiga 2/3 imkoniyat bor edi. Zaharlangan ko‘k loviya olib tashlanganda, bu sizga qo‘lingizdagi yashil loviya haqida hech narsa aytmagan, chunki yashil loviyada hali ham xavfsizligiga 1/3 imkoniyat bo‘lgan. Biroq ko‘k loviyaning olib tashlanishi qizil loviya haqida ko‘p narsa aytadi, bu sizga xavfsiz loviya to‘nkada bo‘lsa, unda qizil loviya xavfsiz deganini aytdi.

Bu muammo 1900 yilda chop etilgan Monti Xol paradoksining bir turi hisoblanadi. Unda uchta eshikni ochish taklif qilinadi. Ikki eshik orqasida echki bor, birining orqasida mashina bor. Siz misol uchun 1-eshikni tanladingiz. Avvaldan ortida echki borligi ma'lum bo‘lgan 1-eshikdan farqli boshqa eshik, misol uchun 3-eshik ochiladi. Sizdan keyin o‘z tanlovingizni o‘zgartirish taklif qilinadi va qolgani yuqoridagi topshiriq kabi davom etadi.

Bunda sizda 1-eshik ortida mashina borligiga 1/3 imkoniyat, 2-eshik ortida mashina borligiga esa 2/3 imkoniyat bor.

Top