20:14 / 15.04.2016
1469

Gabon OPeKga qayta a'zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

Gabon neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotiga (OPeK) qaytadan a'zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Tashkilotning amaldagi a'zolari mazkur arizani o‘rganishmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Rasmiy ariza iyun oyida OPeKga a'zo mamlakatlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ko‘rib chiqiladi.

Ma'lumot uchun: Gabon tashkilotga 1975 yildan 1994 yilga qadar a'zo edi. Mamlakat tashkilotdan a'zolik badalini to‘lay olmagach, chiqib ketgan edi.

2014 yilga kelib Gabonda neft qazib olish bir kunga 200 ming barrelni tashkil etdi.

Top