23:55 / 15.04.2016
2227

Internetda 1986 yilgi Apple Watch soatlari aniqlandi

Internet foydalanuvchilari Imgur resursida 1986 yilda Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kiyimlar va zamonaviy aksessuarlar to‘plami tasvirlangan, skanerlangan fotosuratlar aniqlandi. Mahsulotlar katalogida, shuningdek, narxi 35 dollar bo‘lgan mexanik qo‘l soatlari ham bor, ular 2015 yilda ishlab chiqarilgan gadjyet – Apple Watch deb ham atalgan. Bu haqda Mental Floss xabar bermoqda.

Qurilma ta'rifida soat namga va 30 metr chuqurlikkacha sho‘ng‘ishga bardoshli ekanligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, katalogda Braun nemis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Apple logotipiga ega devorga osiladigan soatlar ham taqdim qilingan.

7 aprelda Hermes modalar uyi Apple Watch soatlari uchun remeshoklar to‘plamini yangiladi. Aksessuarlar ot egar-jabdug‘i mahkamlagichini eslatuvchi to‘qa bilan bezalgan.

Apple kompaniyasi Watch "aqlli" soatlarini 2015 yil aprelda sotuvga chiqargan. Gadjyetning to‘laqonli ishlashi uchun iPhone 5 oilasiga mansub yoki undan yuqoriroq smartfon talab etiladi.

Top