22:56 / 15.04.2016
1404

Ispaniya sohillari yaqinida 50 dan ko‘proq qochqin qutqarib qolindi

Ispaniyada favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mahalliy xizmat Yevropa qirg‘oqlariga qayiqda yetib olmoqchi bo‘lgan 54 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, qayiq Malagadan janubga tomon 58 km uzoqlikda aniqlangan.

Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, qutqarib qolinganlar orasida 42 erkak, 6 ayol, jumladan 3 nafar homilador ayol bo‘lgan.

Shifoxonaga sovqotish alomatlari bilan 2 erkak va 3 ayol yetkazilgan.

Qutqaruv xizmatiga qayiq haqidagi xabar bojxona xizmatining patrul vertolyoti tomonidan berilgan.

Top