16:15 / 15.04.2016
1466

Klopp: «Liverpul»ning Yevropa Ligasini yutish bo‘yicha imkoniyati? Iltimos, bunaqa bema'ni savol bermang»

«Liverpul» jamoasi Yurgen Klopp o‘z jamoasining Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqqani munosabati bilan o‘ziga jamoaning turnirning qolgan qismidagi imkoniyatlarini baholashni va o‘z taxminini bildirishni istamadi.

Unda «Liverpul»ning Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lish uchun imkoniyatlari qay darajada ekani haqida so‘rashgan.

«Iltimos, menga bunday bema'ni savollar bermang», – deya jurnalistning so‘zini bo‘ladi Klopp.

Ma'lumot uchun, Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Mersisaydliklar ayni vaqtda bu turnirga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan pastroqda, ya'ni to‘rtinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan 9 ochko kam jamg‘argan holda 8-o‘rinda bormoqda.

«Liverpul» Yevropa Ligasi yarim finali uchun tashlangan qur'a natijalariga ko‘ra turnir finaliga chiqish uchun Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Top