07:30 / 15.04.2016
1496

Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Shimoliy Koreyada mamlakatning sharqiy sohilidan o‘rta uzoqlikka mo‘ljallangan ballistik raketani uchirish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Shimoliy Koreya, ko‘rinishicha, Yapon dengizi hududidan bugun ertalab (15 aprel) raketa uchirmoqchi bo‘lgan, biroq urinish, taxmincha, muvaffaqiyatsizlikka uchradi", deyilmoqda xabarda.

O‘z navbatida, Pentagon matbuot xizmati amerikalik harbiylar Shimoliy Koreya raketasining uchirilishini kuzatib borganlar va ularning fikricha ham urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Avvalroq Shimoliy Koreya sharqiy sohillariga bir nechta "Musudan" mobil raketa majmualarini tashlagani ma'lum qilingandi.

Raketa Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning bobosi, mamlakatning birinchi prezidenti Kim Ir Senning tavallud ayomi munosabati bilan uchirilishi kerak edi.

15 aprelda Shimoliy Koreyada mamlakat asoschisi Kim Ir Senning 104 yillik tavallud ayomi munosabati bilan milliy bayram nishonlanadi.

Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi jahon hamjamiyatida xavotir uyg‘otib keladi. Shimoliy Koreya hukumati o‘zida mavjud qurollar bilan AQShga zarba berish bilan ochiqchasiga tahdid qilib keladi. 

Top