10:59 / 15.04.2016
1434

Srna «Shaxtyor» safida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi sardori Dario Srna Yevropa Ligasi chorak finalining javob uchrashuvida «Braga» darvozasiga urilgan ikkinchi golga mualliflik qildi.

Bu uchrashuvdan keyin ushbu 33 yoshli xorvatiyalik futbolchining donetskliklar jamoa safida o‘tkazgan o‘yinlari soni 486taga yetdi.

Srna bu borada shu vaqtgacha 485 o‘yinlik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Mixail Sokolovskiyni ortda qoldirdi.

Srna 2003 yilda Xorvatiyaning «Xayduk» jamoasidan «Shaxtyor»ga kelgandi.

Top