20:38 / 15.04.2016
1302

Texaslik mahbuslar ijtimoiy tarmoqlarsiz qoldirildi

AQShning Texas shtati jazolarni ijro etish boshqarmasi mahbuslarni saqlash qoidalariga tuzmatmalarni chop etdi. Yangi kiritilgan qoidalardan biri mahbuslarning Facebook, Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida sahifalarini yuritishlariga taqiqlov bo‘ldi. Bu haqda 15 aprelda The Independent nashri xabar berdi.

Hukumatning bunday qaror qabul qilishiga mahbuslar akkauntlar orqali o‘z jinoyatlari qurbonlari yoki guvohlarini qo‘rqitishlari mumkinligidan xavotirlanish bo‘ldi. Taqiqlov, shuningdek, mahbuslar o‘rinlariga ularning yaqinlari yoki do‘stlari olib boradigan sahifalarga ham tegishlidir.

Texas shtati jazolarni ijro etish boshqarmasi vakili Robert Xerstning aytishicha, shtatning axloq-tuzatish muassasalaridagi mahbuslar internetga kira olmaydilar va tabiiyki, akkauntlar ham yarata olmaydilar. Shu bilan birga, agar sahifa mavjud bo‘lsa, hukumat ijtimoiy tarmoqlar egalariga ularni o‘chirishni so‘rab murojaat qilmoqchi.

Twitter ma'lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq Texas rasmiylaridan akkauntlarni to‘xtatish yoki o‘chirish haqida 123 ta murojaat olgan. Facebook vakillari izoh berishdan bosh tortdilar, biroq agar axborotni joylashtirish qoidalari buzilgan bo‘lsa yoki foydalanuvchiga nisbatan ijtimoiy tarmoqqa kirishini taqiqlashga rasmiy yuridik hujjat bo‘lsa, unda foydalanuvchi profili o‘chirilishini tasdiqladilar.

Yangi qoidalar huquq himoyachilari tomonidan tanqidlarga uchradi. Tanqidchilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga rasmiy taqiqlov advokatlarning himoya ostidagilari bilan aloqa qilishini, ayniqsa agar mahbus o‘lim jazosiga mahkum qilingan bo‘lsa yoki sud xatosi vaziyatida, qiyinlashtiradi.

Top