19:03 / 15.04.2016
1399

Xakerlar Putinning "bevosita muloqot"iga xalal bermoqchi bo‘lishgani aytildi

Xakerlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 14 aprelda o‘tkazgan «bevosita muloqot»ini buzishga urinishgan. Bu haqda TASS agentligi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayangan holda xabar qildi.

«Xakerlar videoqo‘ng‘iroq qilish uchun ishlab chiqilgan ilovani buzishga rosa urinishdi, ammo u hujumlarga bardosh bera oldi. Bundan tashqari, «bevosita muloqot» davom etayotgan vaqtda, sayt dasturiga hujum uyushtirildi, hatto bir muddat ishdan chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi ham. Ammo, dastur ishi qisqa vaqtda qayta tiklandi», — degan Peskov.

Bundan avvalroq, «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Putinga 95 875ta savol yo‘llashgani ma'lum bo‘lgandi.

Umuman, muloqot o‘tgan yilgidan 16 daqiqaga kam, ya'ni 3 soatu 40 daqiqa davom etgan. Putin unga kelgan 3 milliondan ortiq savoldan 80tasiga javob bergan.

Top