10:10 / 16.04.2016
9110

30 yoshdan oshganlarga “Kamolot” uylari berilmaydimi?

— Yoshim 26 da, turmush o‘rtog‘im 30 yoshda. Ikkalamiz ham davlat tashkilotlarida faoliyat yuritamiz. Yosh oilalarga beriladian “Kamolot” uylaridan birini olmoqchi edik, ammo uning bir qator talablari bor ekan. Bu uylar kimlarga beriladi va tartiblari qanaqa?
Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaroning ushbu savoliga "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi yuridik bo‘limi boshlig‘i Bahrom Ilhomjonov javob bergan. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

— Amaldagi hujjatga ko‘ra, hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza bergan vaqtida er va xotinning har birining yoshi 30 yoshdan oshmagan bo‘lish kerak. Bu esa 30 yoshni ham inobatga olib, 31 yoshdan boshlab mumkin emas, deb izohlanadi. Agar 30 yoshdan oshgan yosh oila vakillari ham ariza topshirsa, hujjatlar tartibida keltirilgan FHDYo organlaridan birinchi marta nikohdaligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani ololmaydi, bu ma'lumotnoma ham faqat har birining yoshi 30 dan oshmagan yosh oilalarga taqdim etiladi.

Top