11:55 / 16.04.2016
1554

Armaniston ShHT hamkori maqomini oldi

Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotining hamkori maqomiga ega bo‘ldi. Tashkilotning bosh qarorgohida, tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov va Armaniston tashqi ishlar vazir Edvard Nalbandyan tegishli memorandumni imzolashdi.

"Armaniston respublikasiga muloqotdagi hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi, tashkilot va Armaniston munosabatlarini yangi bosqichga chiqarishda huquqiy asosni yaratib beradi. ShHT zamonaviy talablar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish samaralarini amalda ko‘rsatib bermoqda. Bundan tashqari, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi hamkorlik kengayib borayapti", - degan Nalbandyan.

"Armanistonning ShHT hamkori maqomini olishi, unga tashkilotning ko‘ptarmoqli faoliyatiga qo‘shilish imkonini taqdim etadi", - deb qayd etgan tashkilot bosh kotibi.

Alimovning qayd etishicha, memorandumni imzolash bilan ShHT davlat rahbarlarining Kamboja, Ozarboyjon, Nepal va Armanistonga hamkor maqomini berish to‘g‘risidagi Ufa qarori ijrosi yakunlanadi.

Endilikda, 6ta davlat ShHTning hamkori maqomiga ega. Umuman, ShHT tarkibiga kuzatuvchi davlatlar va muloqotdagi hamkorlar maqomidagi davlatlar bilan birga 18 davlat kiradi. Ko‘pgina davlatlar, umumiy aholisi 3 mlrdga yaqin tashkilot ishida qatnashish istagini bildirmoqda.

Top