12:43 / 16.04.2016
1427

Jozep Bartomeu: "Barselona" hali ikkita unvonni qo‘lga kiritishi mumkin

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu muxlislarni jamoaning Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan umidsizlanmaslikka chaqirdi.

"Biz osoyishta qolishimiz kerak. Futbol o‘zi shunday, yutishing ham, yutqazishing ham mumkin. Biroq senda qaytishga doimo imkoniyat bo‘ladi.

Atrofda hukm surayotgan umidsizlikni hisobga olib, muxlislarni tinchlanishga chaqiraman. Biz klub tarixida 6 marta bir mavsumda ham chempionatni, ham Kubokni yutganmiz.

Bizda bu muvaffaqiyatni qaytarishga imkoniyat bor, shuning uchun biz muxlislarni yaqin oradagi o‘yinga tashrif buyurishni va jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz. Ikki musobaqada g‘alabaga erishish ham ajoyib natija bo‘ladi", deb aytdi Bartomeu.

Top