12:10 / 17.04.2016
23374

“Kola”li tortlar yoxud gazli ichimliklarning idishi shirinlikka aylanmoqda

So‘nggi kunlarda tarmoqda gazli ichimliklarning idishlaridan jyele tayyorlashayotgani haqidagi g‘aroyib videolar tarqalib ketdi. Bunday shirinlikni tayyorlash oson bo‘lib, undan olinadigan taasurotlar juda ham ajoyib. Kun.uz g‘aroyib jyele shirinligini qanday tayyorlanishini usulini ko‘rib chiqdi.

Jyele

Birinchi natija haqida:

AwesomeDisneyToys kanali joylashtirgan jyelening tayyorlanish jarayoni haqidagi videoqo‘llanmani o‘n million tarmoq foydalanuvchilari tomosha qildi. Shirinlikning tayyorlanish retsepti har doim juda oddiy bo‘lgan: idishdagi ichimlikni biron-bir boshqa idishga solib, unga jyelatin qo‘shish kerak.
Shundan so‘ng, suyuqlikni qayta o‘z idishga solib, muzlatgichga qo‘yish kerak va ichimlik qotishi uchun bir oz vaqt kutish lozim. Barchasi tayyor bo‘lganda, shishani kesish kerak va ichidagi jyeleni chiqarib olish lozim. Hosil bo‘lgan shirinlik ustiga shisha qopqog‘ini qo‘yib, etiketkasini yopishtirib qo‘yish mumkin.

Quyidagi “Fanta” jyelesi videosida shirinlik qotganida idishdan olish oson bo‘lish uchun shishaning bir tarafi kesib, izolenta bilan yopib qo‘yilgan. Qandolatchi suv bilan sakkiz qopcha jyelatinlarni suyultirib, gazli ichimlik bilan aralashtirdi. Keyin esa ichimlik idishiga solib, muzlatgichga qo‘yadi.

Eng muhimi jyelening rangi original ichimlikning rangi bilan bir xil bo‘lishi lozim. Quyida “Koka-kola” ichimligi uchun qo‘llanma:

Bu yerda esa Mountain Dew idishi shaklidagi jyele:

“Sprayt”ning chuqurchali idishiga o‘xshatib shirinlik tayyorlasa bo‘ladi:

Ikki litrlik “Pepsi” idishidagi tortga nima deysiz?

Kamalakli jyele

Ba'zan taom rangiga muvofiq, idish ichidagi ichimlik rangidek kamalak jiloli jyeleni tayyorlash mumkin. Buning uchun oziq-ovqat bo‘yoqlari kerak bo‘ladi.

Shokolad

“Kola”ning idishi insonlarni yana bir boshqa pazandalik tajribalarini o‘tkazishga ilhom bag‘ishladi. Misol uchun, mana bunday shaklda konfet nachinkali shokoladlar tayyorlash mumkin.
“Shokoladli kola”ni tayyorlash juda oson – shunchaki eritilgan shokoladni gaz ostida qolgan toza idishga quyiladi va qopqog‘i yopilib, shokolad butun shisha yuzasi bo‘ylab yoyilishi uchun turli tomonlarga chayqatiladi. Keyin idish ichidagi mahsulotni sovutish lozim. Shundan so‘ng shokoladli massa ichiga shirinliklarni sepib, so‘ngra yorliq va qopqoqni olib tashlash kerak.

Tortlar

Odamlar “Koka-kola” idishidan hattoki, tortlarni ham tayyorlashmoqda. Ular avvaliga yuqorida qayd etilganidek, shokoladli massani tayyorlashadi, keyin unga oq krem va biskvitni joylashadi. Bu qiyin jarayon emas. Idishning yorlig‘i joylashgan joyni teshib, sekingina nachinkani qo‘shish kerak bo‘ladi. Teshilgan joyni esa shokolad qirindisi yoki suyultirilgan shokolad bilan berkitib, quriganidan so‘ng, yorliqni yana yopishtirib qo‘yish mumkin. Qarabsizki, tort tayyor.

Agarda uyingizda “Kola” idishlari bo‘lmasa, ranjishga hojat yo‘v. Tortni mana bunday qilib tayyorlasa ham bo‘ladi:

Top