20:01 / 17.04.2016
1741

APL, 34-tur. «Liverpul» safarda «Bornmut»ni yengdi

APLda 34-turning yana bir uchrashuvi mahallliy «Din Kort» stadionida «Bornmut» va «Liverpul» o‘rtasida o‘tkazildi va unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi so‘gnggida «Liverpul» 2ta gol urgani o‘yinda hal qiluvchi vaziyatlar bo‘ldi. Avvaliga Firmino 41 daqiqada hisobni ochdi, Starrij esa bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida mezbonlar vakili Joshua King hisobni qisqartirdi.

Bu g‘alaba mersisaydliklarga «Sauthempton» bilan ochkolar sonini tenglashtirib olishga va APL turnir jadvalining 8-o‘rnida qolishga imkon berdi. «Bornmut» esa 41 ochko bilan 13-o‘rinda joylashgan.

Bornmut – Liverpul 1:2
Gollar: 0:1 – 41 Firmino, 0:2 – 45 Starrij, 1:2 – 90 King.
Bornmut – Boruts, Elfik, Deniels, Frensis, Kuk, Gradel (Pyu, 59), Ritchi (Uilson, 77), Stanislas (Grebben, 46), Serman, King, Gosling.
Liverpul – Uord, Ture (Sako, 67), Styuart, Smit, Rendell, Allen, Leyva, Odjo, Ayb (Lallana, 78), Firmino (Oriji, 75), Starrij.

Top