17:30 / 17.04.2016
1645

Jyeremi Klarkson: «Chelsi» bunday o‘yin uchun odamlardan pul olmasligi kerak»

Taniqli teleboshlovchi Jyeremi Klarkson «Chelsi» jamoasining APLning 33 turida «Manchester Siti»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishiga munosabatini bildirib o‘tdi.

Top Gear teleshousining sobiq boshlovchisi londonliklar klubining muxlisi hisoblanadi. Uning fikricha, jamoa o‘yini stadionga chipta sotib olib kirish uchun arzimaydi.

«Chelsi», jiddiy aytaman, siz bunday yomon o‘yin uchun odamlardan sariq chaqa ham olmasligingiz kerak», – deb yozgan Klarkson o‘z tvitterida jamoa akkauntiga.

Top