17:13 / 17.04.2016
1351

Myanmaning yangi prezidenti Yangi yil munosabati bilan 83 nafar mahbusni ozodlikka chiqardi

O‘tgan oyda Myanmaning yangi prezidenti sifatida qasamyod qilgan Txin Chjo bu oyda 200 nafarga yaqin mahbusga afv e'lon qildi.

Amnistiya bo‘yicha mamlakat bo‘yicha turli qamoqxonalardan 83 kishi ozod kishi ozod qilingan, shundan 63 nafari siyosiy mahbuslardir.

Prezidentning feysbukdagi sahifasida e'lon qilinishicha, amnistiyadan maqsad "Yangi yil arafasida xalqqa xursandchilik keltirish" hisoblanadi.

Myanmada aprel oyi o‘rtasida Yangi yil bayrami boshlanadi va 2 hafta davom etadi.

15 mart kuni Myanma parlamenti universitet professori va yozuvchi Txin Chjoni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi.

O‘tgan yilning noyabrida yozuvchi, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chji yetakchiligidagi "Demokratiya uchun milliy liga" partiyasi prezidentlik saylovida g‘alaba qilgandi. Ammo Aun San Su Chjining turmush o‘rtog‘i va bolalari Britaniya fuqarolari bo‘lishgani uchun u prezident bo‘la olmadi. Txin Jo Aun San Su Chjining yaqin do‘sti hisoblanadi.

Bundan tashqari, Txin Chjo 1962 yilda mamlakatda ro‘y bergan qurolli to‘natarishdan keyingi birinchi prezident hisoblanadi.

Top