10:57 / 17.04.2016
1404

Saudiya Arabistonida neft-kimyo zavodidagi yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

16 aprelda Saudiya Arabistonidagi neft-kimyo zavodi chiqqan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi ma'lum qildi.

"Yong‘in mahalliy vaqt bilan 11:40 da Ash-Sharqiya viloyatidagi Jubail United Petrochemical Company kompaniyasi zavodlaridan birida muntazam texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida sodir bo‘ldi", deb ta'kidlandi agentlikda. Agentlikda, shuningdek, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgani qo‘shimcha qilindi. "Quyuq tutun tufayli 12 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jiddiy jarohat oldi", deyilmoqda xabarda.

Noxush voqea sabablari ma'lum qilinmagan.

Top