18:24 / 17.04.2016
4681

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton Toj Mahalni ziyorat qildi

Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning Hindiston va Butanga uyushtirgan olti kunlik rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

Bu vaqt ichida Buyuk Britaniya qirolligi vakillari ko‘plab tadbirlarda ishtirok etishdi va ularning har bir qadami OAV tomonidan yoritib borildi. Keyt va Uilyamning turne davomidagi so‘nggi manzili Hindistonning eng diqqatga sazovor maskani - Toj Mahal masjid-maqbarasi bo‘ldi.

Gertsoginya Ketrin Jamna daryosi sohilida joylashgan bu mashhur qadamjoga hindistonlik dizayner Naim Xon tomonidan yaratilgan ko‘k-oq rangdagi ko‘ylakda tashrif buyurdi.

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton, 2016 yil.

Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keytning Toj Mahalga tashrif buyurishi marhum malika Diananing xotirasini yodga soldi. Aynan shu bino qarshisida o‘g‘li va kelini kabi Diana ham 24 yil avval Hindistonga uyushtirgan safari chog‘ida fotosuratchi Dag Karran tomonidan suratga tushgan edi.


Malika Diana, 1992 yil.

Top