18:43 / 17.04.2016
2308

Shifokorning chinakam mo‘'jiza haqidagi hikoyasi

Atoqli shifokor-kardiolog, akademik Vladimir Andreyevich Almazovning xonasida shisha idish ichida spirtlangan yurak bor edi. Har bir talaba bu yurak tarixi haqida bilar edi.

Almazov o‘tgan asrning 50-yillarida, Birinchi tibbiyot oliygohining 4-bosqich talabasi bo‘lgan chog‘ida institut shifoxonasiga o‘tkir septik endokarditga chilingan qiz tashrif buyuradi. Bu juda ham qo‘rqinchli kasallik turi bo‘lib, u hozirda ham ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lmoqda.

Qizning yashab ketishiga ishonch qolmagan edi, uning harorati 40 darajada bo‘lib, yurak urishdan to‘xtash arafasida edi. Qizni alohida natijalarsiz yetakchi professorlar va malaka o‘tayotgan talabalar tekshirib ko‘rishadi. Amaliyotchilar orasida Vladimir Almazovning kursdoshi bo‘lgan mahoratli va e'tiborli talaba ham bor edi.

U endokarditga revolyutsion davo uslubini o‘ylab topmadi, yigit shunchaki qizni sevib qoldi: bemor qiz juda go‘zal edi. Talaba yigit har kuni qizdan xabar olgani xonasiga kirar, unga gullar keltirar edi. O‘lim arafasida turgan qiz ham uni sevib qoldi. Shundan so‘ng, u kundan-kunga sekin-astalik bilan tuzala boshladi.

Ular turmush qurishdi, farzandli bo‘lishdi, ularning kumush to‘ylari (turmush qurishganining 25 yilligi) marosimiga qizni davolashga yordam bergan shifokorlarni taklif qilishdi.

Biroq oradan ancha yillar o‘tganidan so‘ng, bu ayol vafot etdi. U o‘z yuragini Birinchi tibbiyot instituti tasarrufiga qoldirishni vasiyat qildi.

Toki insonlar doimo yodda tutishsin: xasta yurakni sevib qolgan inson yuragi bilan davolash mumkin...

Top