16:26 / 17.04.2016
1816

Tonga orollarida 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi

17 aprel kunining ikkinchi yarmida Tinch okeanida joylashgan Tonga orollari qirolligida 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi.

AQSh Geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi mamlakat poytaxti Nukualofa shahridan 287 km janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 35 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Hozircha, bu zilzila talofatlari haqida aniq ma'lumot yo‘q. Tsunami xavfi e'lon qilinmagan.

Tinch okeanining bu qismi seysmik harakatlar eng faol bo‘lgan hudud hisoblanadi. Orollar hududi Tinch okeani va Avstraliya qit'asi litosfera plitalari to‘qnashgan joyga to‘g‘ri kelgan.

Tonga qirolligi tarkibiga 177ta orol kiradi. Qirollikning aholisi 100 ming nafar atrofida.

2015 yilda suv ostidan vulqon otilishi oqibatida hududda Xunga-tonga oroli paydo bo‘lgan.

Top