19:45 / 17.04.2016
2091

Xitoyda "superayol" robot yaratildi

Xitoyning Xefey shahridagi Xitoy fan va texnologiya universitetida ommaga yangi interaktiv robot namoyish qilindi. Tszya Tszya androidi haqiqiy ayolga o‘xshaydi: u taom tayyorlashni, harakatlanishni biladi va jonli mimikaga ega. "Iltimos meni juda yaqindan suratga olmang – bu yuzimni to‘la qilib ko‘rsatadi", deb aytdi robot jurnalistlarga. 

Robot yaratuvchilarining aytishicha, Tszya Tszya 3 yil davomida yaratilgan, uning avvalgi robotlar avlodidan farqi shundaki, uning ko‘zlari tabiiyroq harakatlanadi, nutqi esa lablari harakati bilan sinxronlashtirilgan. Yaponiyada bunday robot badiiy filmda bosh rol ijro etishga ham ulgurdi.

Top