11:43 / 18.04.2016
1542

Afrikalik ayol 6 kunlik bolasini qaynoq suvda cho‘miltirdi

Saudiya Arabistonida afrikalik ayol o‘zining 6 kunlik chaqalog‘ini qaynoq suvda cho‘miltirdi. Oqibatda qizaloqqa og‘ir tan jarohatlari yetgan. Shu vajdan unga qotillikka urinish aybi e'lon qilingan.

Jidda shahri prokurori ayolni bir necha kun avval uning turmush o‘rtog‘i qirollikdan surgun qilingani uchun bolaga qasddan qaynoq suv quyganlikda ayblamoqda.

Shifokorlar bolaning o‘ta og‘ir ahvoli haqida xabar bergach, politsiya ayolni hibsga oldi.

Top