07:43 / 18.04.2016
1430

British Airways kompaniyasi samolyoti qo‘nish paytida dron bilan to‘qnashib ketdi

British Airways aviakompaniyasining Jyenevadan reys amalga oshirayotgan Airbus A320 samolyoti 17 aprelda Londonning Xitrou aeroportida uchuvchisiz parvoz qurilmasi bilan to‘qnashib ketdi.

Dron yo‘lovchi samolyoti aeroportga qo‘nayotganda unga kelib urilgan. Zarba samolyot yerdan 150 metr balandlikda bo‘lganda uning old qismiga to‘g‘ri kelgan. BA727 reysi Jyenevadan Londonga kelayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 137 kishi bo‘lgan.

"Samolyot uchuvchisi politsiyachilarga ehtimol dron samolyotning old qismiga kelib urilganini aytgan", deb ma'lum qildi London politsiyasi vakili ITV telekanaliga.

Samolyot beshikast aeroportning 5-terminaliga yetib kelgan. Mutaxassislar samolyotni ko‘zdan kechirib chiqishganda unda hech qanday shikastlar aniqlashmagan. Dispetcherlar samolyotga keyingi reysni amalga oshirishga ruxsat berishgan.

"Bizning samolyot mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqildi va keyingi reysga ruxsat berildi. Xavfsizlik va qo‘riqlash bizning ustuvor vazifalarimiz hisoblanadi", deb aytdi samolyot uchuvchisi.

Ayni vaqtda dronning egasi qidirilmoqda.

Xuddi shunga o‘xshash voqea 2015 yil oxirida Antalya xalqaro aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlarini tashvishga qo‘ygandi. Noma'lum uchar qurilma aeroportga "tajovuz qilgandi".

Top