09:36 / 18.04.2016
1438

Hindistonda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Deogarx tumanida opera truppasini olib ketayotgan avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Times of India nashri.

Hammasi bo‘lib avtobusda 40 ga yaqin odam bo‘lgan. 10 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi burilishda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Ta'kidlanishicha, yo‘lning bu qismi juda tor bo‘lib, bu ham bilvosita fojiaga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Top