15:38 / 18.04.2016
2251

Tahlilchi iPhone-2017 qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida taxmin bildirdi

KGI Securities kompaniyasi xodimi va Apple tomonidan eng yaxshi deb tan olingan tahlilchi Chi Kuo iPhone’ning kelgusi ko‘rinishidagi ulkan o‘zgarishlar haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda Apple po‘lat qobiqdan shisha korpusli ko‘rinishga o‘tadi. IPS-displey o‘rnini esa AMOLED texnologiyali displey egallaydi. Analitik Apple qanday qilib to‘liq shisha korpusni amalga oshirishini batafsil gapirmadi. Biroq kompaniya iPhone telefonlarida shisha bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazgan - iPhone 4 va 4s orqa panellari shishali edi.

Analitikning aytishicha, iPhone 7 umuman olganda avvalgi ikki ajdodiga o‘xshash bo‘ladi, lekin uning ortidan chiqadigan devays katta o‘zgarishlarga duch keladi. Redizaynning sabablari haqida mutaxassis fikr bildirmadi, ammo 2017 yil Apple smartfonlari uchun yubiley yilidir.

Min-Chi Kuo Apple kompaniyasiga oid taxminlari haqiqatga yaqinligi bilan mashhur. Kuo iPad Pro ishlab chiqarilishi, 4,7 dyuymli va 5,5 dyuymli ekranlarga o‘tilishi (iPhone 6), iPhone SE ishlab chiqarilishini ham bashorat qilgan.

Top