15:21 / 18.04.2016
7963

Ziyoda, Ruxshona va Nigora: bu uchlikni bog‘lab turgan yangilik ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulovaning yana farzand kutayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xonandaning ma'muri Ziyodaning farzand kutayotgani bilan bog‘liq xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, xonanda Ruxshona ham farzand kutayotgan ekan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda 2013 yilning oktabrida o‘g‘illi bo‘lgan edi. Xonanda Ruxshonaning qizi esa 2015 yilning 6 sentabrida dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning farzand kutishayotgani haqida xabar berilgan edi.

Top