08:02 / 19.04.2016
1861

APL. 34-tur. «Tottenhem» «Stok Siti»ni yirik hisobda yengib «Lester»ni ta'qib etishda davom etdi

Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan oxirgi o‘yinda «Stok Siti» «Tottenhem»ni qabul qildi.

«Shporlar» safardan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.

O‘yinda Keyn ikkita gol urib, dubl qayd etgan bo‘lsa, Alli ham o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Tottenhem» hisobidagi ochkolar soni 68taga yetdi va «Lester» bilan oradagi farq 5tani tashkil etmoqda.

Pochettino shogirdlari keyingi turlarda «Vest Bromvich», «Chelsi», «Sauthempton» va «Nyukasl» bilan o‘ynaydi. «Lester»ni esa «Suonsi», «MYu», «Everton» va «Chelsi»ga qarshi bahslar kutib turibdi.

Angliya chempionati
34-tur
Stok Siti – Tottenhem 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 9 Keyn, 0:2 – 67 Alli, 0:3 – 71 Keyn, 0:4 – 82 Alli.
Stok Siti – Given, Kemeron, Shoukross, Vollshayd, Munesa, Uelan (Adam, 76), Imbula, Shakiri (Xoselu, 46), Afellay, Arnautovich, Krkich.
Tottenhem – Loris, Uoker, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Dayyer, Dembele (Meyson, 87), Lamela (Son Xyn Min, 90), Alli (Shadli, 84), Eriksen, Keyn.

Top