12:43 / 19.04.2016
1695

Jonboz jurnalist haydovchini suv toshqinidan qutqarib qoldi

Texasning ABC 13 kanali muxbiri Stiv Kempion Hyustonda suv toshqini haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj tayyorlayotgan edi. Shu paytda suv oqimi bir mashinani oqizib keta boshladi, suv mashinaning deyarli yarmini ko‘mib turardi. Reportyor haydovchi-erkakka mashinadan chiqishini so‘rab baqiradi.

Haydovchi mashinasidan ko‘ngil uzolmay turgan, jurnalistning chaqirig‘idan keyin mashinani istamaygina tark etib, tasvirga olish guruhi tomon suzdi. Jurnalist unga suvdan chiqib olishda yordam berdi.

Biz ozdan so‘ng mashina butunlay suv ostida qoldi.

Top