12:37 / 19.04.2016
1267

Kobuldagi portlash tufayli jarohatlanganlar 198 nafar, halok bo‘lganlar 20dan ortiqni tashkil qilmoqda

19 aprel kunining birinchi qismida Afg‘oniston poytaxti Kobul markazida, AQSh elchixonasi joylashgan hududda ro‘y bergan avtomobilgan o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirilgan terakt oqibatida jarohatlanganlar soni 200 nafarga yaqinni tashkil etgan. Bu haqda Tolonews nashri xabar tarqatgan.

Terakt natijasida qurbon bo‘lganlar soni 20 nafardan ortgan.

Bundan oldinroq, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani bu portlashni terakt sifatida baholadi. Hujum uchun javobgarlikni tolibonlar o‘z zimmasiga olgan.

Portlash Afg‘oniston poytaxtida, Pul-e-Maxmud Xan tumanida sodir etilgan. Shahar markazidagi AQSh elchixonasi yaqinida sirena tovushlari eshitilgan, osmonda quyuq tutun paydo bo‘lgan. Elchixona yonida NATOning Afg‘onistondagi missiyasi bosh qarorgohi joylashgan. Xabarlarga ko‘ra, portlash ushbu binolarga ta'sir qilmagan.

Teraktdan maqsad hududda joylashgan Afg‘oniston milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi binosi, shuningdek, mamlakat moliya va mudofaa vazirliklari binolariga zarar yetkazish bo‘lgani aytilgan.

Portlash sodir bo‘lganidan keyin hududda otishma ovozi eshitilgan.

Top