14:38 / 19.04.2016
2252

Olimlar insonni internetga ulashdi

Amerikalik olimlar inson tanasini to‘laqonli internetga ulash tajribasi "Matritsa" filmidan olingan xayolot emas, balki haqiqat ekanini isbotlashdi. Gap tananing go‘sht qismi va qoni orqali simsiz to‘lqinlar uzatilgani haqida bormoqda.

AQShning Urban-Shampeyn shahridagi Illinoys Universiteti tadqiqotchilari insonning simsiz internetga ulanish zvenosi bo‘lishiga imkon beradigan usulni ishlab chiqishgani haqida e'lon qilishdi.

Tajribalar mobaynida olimlar cho‘chqa go‘shti orqali axborot tarqatish tezligini soniyasiga 30 Mbitgacha chiqara olgan.

Hozirgi vaqtda, inson tanasi ichiga o‘rnatilgan tibbiy jihozlar 350 kGts radioto‘lqinda ishlaydi. Signal kuchi, tana a'zolari va muskul hujayralarida qarshiligi sabab sekinlashadi.

"Signal kuchini sezilarli oshirishning hozircha imkoni mavjud emas. Qurilmaning qizib ketishi, tananing kuyishiga olib kelishi mumkin", deyiladi Kornell universiteti kutubxonasida e'lon qilingan maqolada.

Tajriba doirasida biologlar, okeanostida sifatli axborot almashinuviga imkon beruvchi ultratovushli aloqa qurilmasidan foydalanishmoqda.

Umuman, inson tanasining tarkibi dengiz suviga o‘xshashligi bu kabi qurilmalardan foydalanishga imkon bermoqda.

Olimlarning ishonch bildirishlaricha, ularning kashfiyoti birinchi galda tibbiyot sohasida qo‘l keladi.

Top