19:11 / 19.04.2016
17537

Olimlar qo‘l yuvishning samarali usulini taklif etishdi

Buyuk britaniyalik va singapurlik tibbiyot xodimlari tadqiqot natijasida qo‘l yuvishning maqbul va samarali usulini ko‘rsatib berishdi.

Olimlar bakteriyalar bilan kurashda aynan shu usuldan foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Ilmiy ish Infection Control & Hospital Epidemiology jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislar bemorni ko‘rikdan o‘tkazgach, qo‘llarini spirtli vosita bilan yuvadigan 42 nafar vrach va 78 nafar hamshirani kuzatishgan. Shu yo‘sinda mediklar, ularning fikriga ko‘ra, qo‘l yuvishning eng samarali usulini aniqlashgan. Ushbu usul olti bosqichdan iborat (an'anaviy qo‘l yuvish esa uch bosqichdan iborat).

Taklif etilgan usul avvalgi usulga nisbatan qo‘ldagi bakteriyalarni taxminan 20 foizga ko‘proq yo‘q qiladi, biroq nisbatan 25 foiz ko‘proq vaqt ham talab qiladi (35 soniya o‘rniga 42,5 soniya). Tibbiyot xodimlarining kuzatuvi bo‘yicha, tibbiyot muassasi xodimlarining 65 foizigina olti bosqichli qo‘l yuvish “marosimi” to‘liq bajargan.

Top