20:09 / 19.04.2016
1444

Poroshenko Savchenkoga qo‘ng‘iroq qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyada sudlangan ukrainalik harbiy Nadejda Savchenkoga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar berdi tvitterda Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko.

"Prezident Nadejda Savchenkoga qo‘ng‘iroq qildi", deb yozgan Tsegolko.

Poroshenkoning o‘zi esa tvitterda Savchenko ovqat yemaslikni to‘xtatishini ma'lum qildi.

Tsegolko suhbat tafsilotlari keyinroq ma'lum bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Ukrainaning Rossiyadagi bosh konsuli Savchenko bilan tergov izolyatorida ko‘rishgani ma'lum qilingandi.

Top