14:56 / 19.04.2016
1520

Qirg‘iziston armiyasida o‘qish va yozishni bilmaydigan savodsizlar borligi ochiq aytildi

Qirg‘iziston armiyasida o‘rta ta'lim haqida attestatga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘qish va yozishni bilmaydigan harbiylar bor. Bu haqda bugun – 19 aprel kuni “Kylym shamy” jamoatchilik fondi direktori Aziza Abdurasulova ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday askarlarga monitoring chog‘ida duch kelingan.

“Biz ularga so‘rovnomalarni to‘ldirishga yordam berganmiz. Xolislik uchun aytish lozimki, savodsizlar sanoqli”, - aniqlik kiritdi Abdurasulova.

2015 yilda harbiy xizmatchilarning huquqlari himoya qilish borasida olib borilgan monitoring natijasiga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan askarlarning 39,8 foizi o‘rta ma'lumot, 20,7 foizi – tugallangamagan o‘rta, 19,7 foizi – o‘rta-maxsus, 10,5 foizi – tugallanmagan oliy, 9,2 foizi – oliy ma'lumotga ega.

Ushbu monitoringda 23ta harbiy qism qamrab olingan, so‘rovnomada 532 nafar harbiy ishtirok etgan.Qirg‘iziston armiyasida o‘qish va yozishni bilmaydigan savodsizlar borligi ochiq aytildi.

Top