17:38 / 19.04.2016
1504

Spalletti Totti bilan shartnoma uzaytirilsa «Roma»ni tark etishini bildirdi

«Roma» bosh murabbiyi Luchano Spalletti va jamoa sardori Franchesko Totti o‘rtasidagi munosabat keskinlashishda davom etmoqda.

Roma Radio tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Spalletti klub rahbariyatiga, agar Totti bilan yakuniga yetayotgan shartnoma uzaytirilsa, o‘zi «Roma»ni tark etishini ma'lum qilgan.

Avvalroq, «Atalanta»ga qarshi o‘yindan (3:3) keyin murabbiy va futbolchi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani haqida xabar tarqalgandi.

Ammo bu ma'lumotni Spalletti ham, Totti ham inkor qildi.

Keyinroq, Totti MLS ligasiga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Top