11:42 / 19.04.2016
2071

Toshkent hayvonot bog‘ida lama tashrif buyuruvchilar aybi bilan nobud bo‘ldi

Toshkentda joylashgan hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilarning aybi bilan lama halok bo‘ldi.

Hayvonot bog‘i ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, lama polietilen xaltalardan zaharlanib o‘lgan. Shuningdek, uning oshqozonidan plastik idishlarning qopqog‘i va boshqa allergiya qo‘zg‘atuvchi buyumlar topilgan.

Bu tashrif buyuruvchilar hayvonlar xonasiga otgan narsalarni yutib yuborib halok bo‘lgan jonivorlarning birinchisi emas.

Hayvonot bog‘i xodimlari bunday holatlarning oldini olish chora-tadbirlari kuchaytirdi. Dam olgani kelganlardan ham yot buyumlarni katakka otmaslikni iltimos qilmoqda. Shu mazmundagi murojaat ijtimoiy tarmoqlarda ham aholi tomonidan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

O‘z qo‘li bilan yemish berishni juda ham istaganlar uchun hayvonot bog‘i hududida maxsus rastalarda aynan har bir jonivor uchun atalgan alohida yemishlar taqdim etiladi.

Top