09:14 / 19.04.2016
1524

Totti MLS ligasiga yo‘l olishi mumkin

«Roma» jamoasi hujumchisi Franchesko Totti o‘z futbolchilik faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TMW xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, ushbu 39-yoshli italiyalik futbolchiga «Nyu-York Kosmos» jamoasidan qiziqish mavjud. Qayd etilishicha, bu jamoa vakillari rimliklar rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.

Bu jamoada o‘z vaqtida Pele, Bekkenbauer va Raul kabi futbolchilar faoliyatining so‘nggi qismini o‘tkazishgandi.

Rimliklar jamoasi Totti bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Amerikaliklar esa futbolchiga 4 oy uchun 500 ming dollar maosh to‘lashmoqchi.

Bundan oldinroq, rimliklar jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti va Totti o‘rtasida kiyim almashtirish xonasida mushtlashuv ro‘y bergani haqida aytilgan, ammo keyinroq murabbiy bu xabarni inkor qilgandi.

Top