19:23 / 19.04.2016
2933

"Yandeks" dunyoda birinchi shifrli brauzerni chiqardi

"Yandeks" o‘z brauzeri uchun DNSCrypt texnologiyali yangilanishni ishlab chiqdi, bu foydalanuvchilarni tarmoqlarni almashtirib qo‘yish bilan bog‘liq tovlamachilikning turli ko‘rinishlaridan asraydi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida xabar berildi.

Texnologiya brauzer va DNS-server o‘rtasidagi ma'lumotlarning xavfsiz almashinuvini ta'minlaydi. DNSCrypt'li brauzer bozorda ilk marta paydo bo‘ldi.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, foydalanuvchi tarmoqni ochmoqchi bo‘lsa, brauzer provayder DNS-serveriga domen nomini yuboradi (masalan,yandex.ru) va unga javoban o‘ziga tanish bo‘lgan IP-manzilga ega bo‘ladi. Shunday qilib, yandex.ru'ning IP-manzillaridan biri - bu 5.255.255.5. Odatda brauzer va DNS-serverlar ma'lumotlarni shifrlanmagan holatda almashishadi, shuning uchun tovlamachilar ularni tutib, almashtirib qo‘yishga harakat qilishadi. Shu tariqa ular odamlarni o‘zlariga kerakli resurslarga, ya'ni reklama ko‘rsatish, virus o‘rnatish yoki shaxsiy ma'lumotlarga ega bo‘lishga yo‘llashadi. Tovlamachilar foydalanuvchilarning uy routerlarini ham shu tarzda sindirishadi va DNS-server manzilini almashtiradilar. Natijada odamlar doim tovlamachilar resursiga tushib qolishadi.

Yangi funksiyalarga kirish uchun «Yandeks.Brauzer»ni yangilash va sozlamalarda "Doim Yandeksning DNSCrypt shifrli himoyalangan DNS-serverni qo‘llash" tugmasini tanlash kerak bo‘ladi.

Top